EChL. Guruh bosqichiga qur’a tashlandi (barcha natijalar)

  • 26 avgust, 2021, 21:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun UEFA Chempionlar ligasi yangi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonni biz bilan onlayn kuzatib boring!

"A" guruhi: "Manchester Siti", PSJ, "RB Leyptsig", "Bryugge";

"B" guruhi: "Atletiko Madrid", "Liverpul", "Portu", "Milan";

"C" guruhi: "Sporting Lissabon", "Borussiya" Dortmund, "Ayaks", "Beshiktosh";  

"D" guruhi: "Inter", "Real" Madrid, "Shaxtyor" Donetsk, "Sherif";

"E" guruhi: "Bavariya", "Barselona", "Benfika", "Dinamo" Kiev;

"F" guruhi: "Vilyarreal", "Manchester Yunayted", "Atalanta", "Yang Boyz";

"G" guruhi: "Lill", "Sevilya", "RB Zaltsburg", "Volfsburg";

"H" guruhi: "Chelsi", "Yuventus", "Zenit", "Malmyo".

Haqli ravishda Ngolo Kante o‘tgan mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi, deya e’tirof etildi. Mutlaqo to‘g‘ri tanlov, nazarimizda!

photo_2021-08-26_21-55-50

"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash UEFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi himoyachisi, deb topildi.

photo_2021-08-26_21-44-21

Erkaklar o‘rtasida mavsumning eng yaxshi darvozaboni sovrini "Chelsi" posboni Eduar Mendiga taqdim etildi.

photo_2021-08-26_21-31-47 

Guruh ishtirokchilarini aniqlab berish uchun amaldagi chempion "Chelsi"ning sobiq futbolchilari Maykl Essien hamda Branislav Ivanovich sahnaga ko‘tarildi.

photo_2021-08-26_21-24-23

Birinchi bo‘lib UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Evropa chempionati vaqtida daniyalik Kristian Eriksenning hayotini saqlab qolishda qahramonlik ko‘rsatgan shifokorlar va jamoa sardori Simon Kerni maxsus sovrin bilan taqdirladi. 

Jamoalar quyidagi savatchalarga ajratib chiqilgan:

1-savatcha:"Chelsi", "Vilyarreal", "Atletiko" Madrid, "Manchester Siti", "Bavariya", "Inter", "Lill", "Sporting" Lissabon.

2-savatcha: "Real" Madrid, "Barselona", "Yuventus", "Manchester Yunayted", PSJ, "Liverpul", "Sevilya", "Borussiya" Dortmund.

3-savatcha: "Portu", "Ayaks", "Shaxtyor" Donetsk, "RB Leyptsig", "RB Zaltsburg", "Benfika", "Atalanta", "Zenit".

4-savatcha: "Beshiktosh", "Dinamo" Kiev, "Bryugge", "Yang Boyz", "Milan", "Malmyo", "Volfsburg", "Sherif".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!