
EChL. "Inter" minimal hisobda "Atletiko"ni taslim qildi, PSV - "Borussiya" uchrashuvida durang qayd etildi
EChL nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Quyida natijalar bilan tanishing.
"Inter" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindagi yagona gol Arnautovich tomonidan kiritildi. 79-daqiqada Martinesning zarbasini Oblak qaytardi, lekin qaytgan to‘pni Marko darvozaga joylab qo‘ydi.
"Inter" 1:0 "Atletiko"
PSV - "Borussiya" bahsida tomonlar durangga imzo chekdi. Dastlab, 24-daqiqada Malen hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada De Yong penaltidan imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
PSV 1:1 "Borussiya"
Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvlari 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar