
EChL. Jasur Yaxshiboev "Real" - "Sherif" uchrashuvini asosiy tarkibda boshlaydi (Foto)
Bugun Evropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Real" - "Sherif" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar safida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev harakat qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Uchrashuv oldidan SPORTS.uz sayti taxminiy tarkiblarni tuzib chiqdi. Unga ko‘ra Yaxshiboev bugun jamoasining asosiy tarkibidan o‘rin oladi.
"Real": 1.Tibo Kurtua, 17.Lukas Vaskes, 3.Eder Militao, 4.David Alaba, 6.Nacho Fernandes, 10.Luka Modrich, 14.Kazemiro, 25.Eduardo Kamavinga, 7.Eden Azar, 9.Karim Benzema, 20.Vinisius Junior
"Sherif": 30.Georgios Atanasiadis, 13.Fernando, 15.Kristiano, 2.Danilo Arboleda, 55.Gustavo Dulanto, 21.Edmond Addo, 22.Dimitris Kolovos, 31.Sebastyan Till, 9.Adama Traore, 10.Frenk Kastaneda, 17.Jasur Yaxshiboev
Fikrlar