EChL. "Liverpul" "Napoli"dan qasos oldi, "Ayaks" Shotlandiya klubi ustidan zafar quchdi

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Ayaks" bahsi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Mersisaydliklar safida Muhammad Saloh va Darvin Nunez gol muallifiga aylandi. Bu gollar Klopp jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi.

Shuningdek, guruhdagi ikkinchi bahsda "Reynjers" o‘z maydonida "Ayaks"ni qabul qildi hamda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Amsterdamliklarning uch goli Bergeys, Kuddus va Tadich hisobiga yozib qo‘yildi. Taverne mezbonlarning yagona goliga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!