
EChL. “Real Madrid” – “Manchester Siti”: Taxminiy tarkiblar bilan tanishing
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida “Real Madrid” va “Manchester Siti” yana kuch sinashadi. Ikki klub o‘rtasidagi ilk bellashuv “qirollik klubi” foydasiga yakunlangan edi (3:2).
Ushbu javob bahsi uchun “The Sporting News” saytining taxminiy tarkiblari bilan tanishing:
“Real Madrid”: Kurtua, Valverde, Tchuameni, Asensio, Mendi, Sebalos, Kamavinga, Bellingem, Vinisius, Rodrigo, Mbappe.
“Manchester Siti”: Ederson, Husanov, Diash, Ake, Gvardiol, Stonez, Niko, Savio, Foden, Marmush Xoland.
Mazkur manbaga ko‘ra, milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov Riko Lyuis o‘rniga asosiy tarkibdan joy olib, o‘ng qanot himoyada harakat qiladi, deb taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, uning tezkorligi Vinisiusga qarshi foyda beradi, deb qo‘shimcha qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, javob uchrashuvi 19 fevraldan 20 fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar