EChL. Ronalduning gollari "Yuventus"ni qutqarib qola olmadi

UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan javob uchrashuvi yakunlandi. Unda Turinning "Yuventus" klubi o‘z maydonida "Lion" vakillarini mehmon qildi. Garchi bahs maydon egalarinning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, yakunda frantsiyaliklar keyingi bosqich masalasini hal etishdi.

"Yuve" safida gollarga Krishtianu Ronaldu mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona aniq zarbasi 12-daqiqada Memfis Depay tomonidan kiritildi.

Endi "Lion" jamoasi futbolchilari keyingi uchrashuvda "Manchester Siti" va "Real" jamoalari bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ma’dumot uchun, ushbu bosqichdan so‘ng o‘yinlar Portugaliyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
08/08/2020 10:15
Kirishte Yuvega utishing xato edi