
EChL. "Santyago Bernabeu"da faqat bir klub kambek qilishga muvaffaq bo‘lgan
Ertaga tunda "Chelsi" chempionlar ligasi chorak final doirasida "Real" Madridga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv Madriddagi "Santyago Bernabeu" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Londonda kechgan dastlabki bahsda "qaymoqranglilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, "aristokratlar" bungacha hali "Real"ning muhtasham stadionida o‘yin o‘tkazmagan. O‘tgan mavsum chempionlar ligasi yarim finalida jamoalar "qirollik klubi"ning "Alfredo Di Stefano" maydonida kuch sinashgan.
"Santyago Bernabeu"da faqat "Ayaks" jamoasi kambek qilishga muvaffaq bo‘lgan. 2018/19 yilgi mavsum o‘z maydonida 2:1 hisobida yutqazgan amsterdamliklar Madridda 4:1 hisobida zafar quchgan edi.
Fikrlar