EChLdagi muvaffaqiyatsizlikga qaramay, "Inter" bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 9 mart, 2022, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi, deb xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.

Tecno

Manbaga ko‘ra, italyan klubi va murabbiy o‘rtasidagi yangi kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Mutaxassisning maoshi yiliga 5 million evrogacha ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, 45 yoshli Indzagi "Inter"ni o‘tgan yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, Chempionlar ligasida esa 1/8 finalga qadar etib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!