
Eddi Xirn: "Joshua ularning barchasi bilan jang qilishga tayyor"
Taniqli britaniyalik promouter Eddi Xirn bokschi Entoni Joshua og‘ir vazn toifasidagi har qanday kuchli raqib bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.
“Entoni Joshua Aleksandr Usik bilan revansh jangini o‘tkazmoqchi. U har qanday kuchli raqib – Tayson Fyuri, Filip Xrgovich, Daniel Dyubua, Jozef Parker, Deontey Uaylder bilan jang qilishni xohlaydi”, dedi Xirn You Tube dagi Matchroom Boxing kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida ikki karra jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua(28-3, 25 KO) kamerunlik MMA yulduzi Frensis Ngannu(0-2)ni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar