Edegor: "Artetaning futbolni ko‘rishi hayratlanarli"
"Arsenal" sardori Martin Edegor jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning futbolni tushunish darajasiga yuqori baho berdi.
"U bizga kerak bo‘lgan barcha narsani beradi va har birimizdan doimo maksimal darajada o‘ynashni talab qiladi. Ayniqsa, o‘yin rejamizga mos ketmayotgan paytlarda. Uning futbolni qanday ko‘rishi, taktikani anglashi va o‘yin borishini o‘zgartirish uchun nima kerakligini bilishi – bunday holatni avval ko‘rmaganman.
Uning o‘yinni tushunishi va o‘z qarashlarini bizga yetkazishi juda muhim, ayniqsa qiyin vaziyatlarda bu katta yordam beradi. U menga shunday nozik jihatlar haqida aytdiki, ular haqida avval o‘ylab ham ko‘rmaganman. Keyin u aytganini bajarasang va buning ma’nosi borligini tushunasang. Bu senga qanchalik yordam berishini his qilasan. Ba’zan bu mayda detal bo‘ladi, ba’zan esa jiddiy o‘zgarish. U tushuntirmaguncha ahamiyatini anglamagan jihatlar bor. U ko‘radigan detallar hayratlanarli.
Mening pozitsiyamga kelsak, ko‘p hollarda gap harakat haqida boradi. Ba’zan yugurish burchagi haqida. Balki men o‘ng tomonga ortiqcha chiqib ketayotgandirman, u esa chaproq harakat qilishim kerakligini aytadi. Yoki avval kimgadir ergashib, keyin chapga ochilishni maslahat beradi. Shunday mayda tuzatishlar – bo‘sh hududlarga qanday hujum qilish, to‘p so‘rashda qanday joylashish kerakligi kabi jihatlar", – dedi Edegor.
Fikrlar