Eden Azar: Ronaldudan so‘ng 7-raqamda to‘p surish judayam qiyin, chunki...

  • 29.10.2019 19:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” Madrid klubi vingeri Eden Azar Krishtianu Ronaldudan so‘ng 7-raqamda o‘ynash qanaqa ekanligi haqida gapirib o‘tdi.

“Ronaldudan keyin 7-raqamni kiyib yurish juda qiyin. U klub uchun tarixiy shaxs. Ammo men ham dunyoning eng kuchli klubi g‘alabasini ta’minlash uchun hamisha bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman. Umid qilamanki, biz birgalikda kubokni boshimiz uchra ko‘taramiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Azar “Real” safiga o‘tgan yozgi transferlar davrida kelib qo‘shildi. U joriy mavsum 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!