
EKL. "Roma" futbolchisi haftaning eng yaxshi futbolchisi
Evropa konferentsiyalar ligasida chorak final bosqich uchrashuvlari yakuniga etdi. Unga ko‘ra, "Roma", "Lester", "Marsel" va "Feyenoord" jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, UEFA rasmiy sayti 1/4 final javob uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Roma" futbolchisi Nikolo Zanolo ushbu nominatsiyada g‘olib, deb topildi.
U "Budyo-Glimt"ga qarshi uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi. Shuningdek, Nikoloning ushbu bahsda 86 foiz uzatmasi manziliga aniq etib borgan.
Fikrlar