
EKL. "Roma" yirik hisobda g‘alaba qozondi. Shomurodov 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi
Evropa konferentsiyalar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Zarya" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda maydon egalari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Bo‘rilar" safida Abraxam dubl qayt etdi. Shuningdek, Zanolo va Peres bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Mourino shogirdlari ochkolari sonini 10 taga etkazib oldi. Ular ayni damda 2-o‘rinda bormoqda. 6 ochkoga ega "Zarya" esa 3-pog‘onani band etgan.
Fikrlar