Ekspert: Oʻzbekistonga birinchi oʻyindan keyin baho beramiz!
Taniqli futbol mutaxassisi Gadzhi Gadzhiyev jahon chempionatida debut qilishga tayyorlanayotgan O‘zbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, hozircha O‘zbekiston termasining haqiqiy salohiyatini to‘liq baholash qiyin, chunki jamoa o‘yinlarini yetarlicha kuzatmagan.
Gadzhiyev fikricha, termaning jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida jiddiy xulosa qilish uchun kamida bir o‘yinni ko‘rish kerak. Shundan so‘nggina jamoaning darajasi va istiqbollari haqida aniqroq gapirish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati guruh bosqichining ilk turida O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.

Fikrlar