Ektor Kuper: Kelajakni ko‘ra olmayapman

  • 14 mart, 2019, 15:38
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida "China Cup" musobaqasida qatnashadi. Bugun mazkur musobaqa oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.

- Tayyorgarlik ko‘rish uchun kam bo‘ldi. Lekin qo‘ldan kelgancha mashg‘ulotlar o‘tkazdik.

Har qanday turnirdan maqsad g‘alaba qozonish. Tarkib o‘sha o‘sha. Osiyo Kubogidagi tarkibdan farq qilmaydi. Lekin qolganlarni ham kuzatib borishda davom etamiz.

Osiyo Kubogidan salbiy va ijobiy xulosalar bo‘ldi. Lekin o‘tgan vaqt mobaynida katta o‘zgarishlarni qilishga vaqt yo‘q. Ammo kichik o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu qisqa vaqt ichida mo‘jiza kutish noo‘rin. O‘zgarishlardagi kichik detallar g‘alaba qozonishga yoki mag‘lub bo‘lishimizga olib keladi. Biz shuni ko‘rib olishimiz darkor. Turkiyadagi yig‘indan so‘ng jamoa o‘yinida o‘sish kuzatildi. Buni natijada ko‘rmasakda o‘yinda sezildi. Bularning barchasi tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt etarli ekani sabab bo‘ldi.

Menga shartnoma taklif qilinganda biz jahon chempionatiga chiqishimiz kerak. Osiyo Kubogida chempion bo‘lishimiz kerak. To‘g‘ri, qit’a chempionatida nimchorak finalda to‘xtadik. Lekin bizning asosiy vazifamiz mundialga borish. Kelajak borasida gapirish hozir payti emas. Kelajakni ko‘ra olmayapman. Chunki ertaga natijamiz o‘xshamasa meni bo‘shatib yuborishlari mumkin. Biz oldindagi musobaqalarga e’tibor qaratishimiz zarur. To‘g‘ri, Osiyo Kubogida natijamiz o‘xshamadi. Bu mening aybim. Lekin qaytaraman maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish.

Olimpiya terma jamoasini doim kuzatamiz. Murabbiy bilan aloqadamiz. Kerak paytda yana boshqalarni ham termaga jalb qilamiz.

Chepionatda boshqa jamoalarni ko‘rdik. Biz ularni yuta olamiz. Rasmiy o‘yin bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini farqi bor. Bitta narsani ayta olamaki, biz kelajakda Yaponiya kabi kuchli jamoalarni yuta olamiz. Bu degani aniq yutamiz demoqchi emasman. Buning uchun barcha kurashishi lozim.

Urugvay tarkibida yulduzlar bor. Shunday o‘yinlar orqali rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘riladi.

Futbolda inson faktori degan narsa bor. Futbolchilarning uxlashi, ovqatlanishi, shug‘ullanishi va hokazo.

Futbolchilarimiz xorijning kuchli chempionatlarida nega o‘ynamaydi? Balki ular chetga chiqqisi kelmas. Ularga Rossiya yoki shu kabi davlatlar yoqar. Ammo futbolchilarning darajasi Evropa talabiga javob beradi.

Biz xorijdagi legionerlarimizni kuzatib boramiz. Ularning barcha o‘yinlarini videosi bor. Ularning soni ko‘p bo‘lgani bilan har doim ham maydonga tushavermaydi yoki kam vaqt o‘ynaydi. Texnologiyalar rivojlangani uchun ularni kuzatish muammo emas. O‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligi joyida. Shunday o‘yinchilar bor ular maydonga tushmasa ham foydali ish koeffittsienti bor. Shuning uchun men e’lon qilgan tarkibga jalb qilingan.

Sardor Rashidov nega kelmadi. U viza bilan bog‘liq muammo borligi uchun kela olmadi. Ammo uning o‘rniga tengma teng o‘ynaydigan futbolchilarni chaqirdik. Tan olaman har kimning tabi har xil. Sizga yoqqan o‘yinchi menga yoqmasligi mumkin.

Olimpiyachilarning chaqirilmaganing sababi ular muhim musobaqada ishtirok etishadi. Tarkibni yoshartirish borasida men Umid Ahmadjonov bilan gaplashganim yo‘q, - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, "China Cup" musobaqasi 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo‘ladi.

"China Cup" xalqaro musobaqasi

21 mart

Xitoy - Tailand

22 mart

O‘zbekiston - Urugvay

25 mart

3-o‘rin uchun bahs

25 mart

Final

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
King of World
15/03/2019 06:38
Duxim yetmaydi degin
Dastan Uteuliev
14/03/2019 20:37
нима айта олмайсанми
Dastan Uteuliev
14/03/2019 20:37
Умид ака илтимос гаплаш составни ешартирсин