Ekvador futbolchisi Qatar darvozasini ishg‘ol qilgan holda ikkita tarixiy natijani qayd etdi

  • 20 noyabr, 2022, 22:18
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi, birinchi o‘yinda Qatar terma jamoasi o‘z maydonida Ekvadorni qabul qilmoqda. Afsuski, turnir mezbonlari birinchi bo‘limda uchta gol o‘tkazib yuborishdi, ammo ulardan bittasi hisobga olinmadi.

Rasman chempionatdagi birinchi gol o‘yinning oltinchi daqiqada kiritildi. Janubiy Amerika terma jamoasi a’zosi Enner Valensiya penaltini golga aylantirib, 2022 yilgi JChdagi tarixiy gol muallifiga aylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ekvador terma jamoasi jahon chempionati tarixida ilk marta 11 metrlik jarimadan  gol kiritdi. Eslatib o‘tamiz, ular uchun Qatar-2022 o‘z tarixidagi 11-mundial hisoblanadi.

Shuningdek, Valensiyaning goli jahon chempionatlari tarixidagi ochilish o‘yinlaridagi ilk penalti sifatida tarixda qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!