
"El-klasiko"dagi mag‘lubiyatdan keyin Karlo Anchelotti nimalar dedi?
Ispaniya kubogida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘yin haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raqib juda yaxshi himoyalangan va ular g‘alabaga noloyiq edi.
"Barsa g‘alaba qozonishga loyiq emasdi. Bu aniq. Raqib juda yaxshi himoyalandi. Bo‘sh pozitsiyalarni topish qiyin bo‘ldi. Men xursandman. Javob bahsida ham shunday o‘ynasak, yutamiz", - dedi italiyalik mutaxassis.
Ushbu to‘qnashuvning ikkinchi o‘yini "Kamp Nou"da 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar