
"El-klasiko"ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
La Liganing 26-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinda ishtirok etadigan rasmiylar e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, "el-klasiko"ni Rikardo de Burgos boshqarib boradi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik referi bu mavsumda 24 ta bahsda ishlab, futbolchilarni 100 marta ogog‘lantirgan va 5 marta qizil kartochka ko‘rsatgan.
Rikardo de Burgos so‘nggi bor 2017 yil Ispaniya superkubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"da bosh hakam bo‘lib ishlagan. O‘sha o‘yinda u Ronalduni maydondan chetlatgan edi.
Fikrlar