
"El-klasiko"ni qaysi hakam boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Kecha Ispaniya superkubogi doirasida "Barselona" "Betis" bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda kataloniyaliklar penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Endi "ko‘k-anorranglilar" finalda azaliy raqibi "Real" Madridga qarshi maydonga tushadi. Bahs 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Mazkur bellashuvni Rikardo De Burgos Bengoechea boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga VAR da Xose Luis Gonsales Gonsales boshqaruvidagi mutaxassislar yordam beradi.
Fikrlar