
El-Sharavining “Chelsi” darvozasiga kiritgan goli EChLda haftaning eng chiroyli goli bo‘ldi (video)
Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Stefan El-Sharavi tomonidan EChL 4-turidan “Chelsi” darvozasiga kiritilgan EChLda haftaning eng chiroyli goli deb topildi.
UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etgan muxlislarning 31 % aynan italiyalik futbolchi tomonidan kiritilgan golni eng chiroylisi deb topishdi.
Bu borada ikkinchi o‘rin “Anderlext” darvozasini aniq nishonga olgan Neymar(PSJ)ga nasib etdi. Unga so‘rovnomada ishtirok etgan 26 % muxlislar ovoz berishdi.
Kuchli uchlikni esa “Atletiko” hujumchisi Tomas Teye band etdi – 17 % ovoz bilan.
Ushbu havola orqali har uchchala golni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar