Elbek Samatov "Andijon" klubi sport direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi

  • 03.01.2026 18:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Andijon" klubi rahbariyatida o‘zgarish kuzatilmoqda. Bu borada klub matbuot xizmati quyidagi xabarni e’lon qildi:

 

“Andijon” futbol klubining ravnaqi yo‘lida sadoqat va matonat bilan mehnat qilgan bosh direktor Elbek Samatov yangi mavsumdan e’tiboran sport direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

Elbek Abdurauf o‘g‘li 2023 yilning 31 oktyabr sanasida bosh direktor lavozimida ishga kirdi va uning boshchiligida “Burgutlar” tarixda ilk marotaba O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi.

Klubning infratuzilmasi, uning brendini oshirishda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi va muxlislarning ham e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 

Biz Elbek Samatov boshqa lavozimda ham samarali ish olib borishiga tilakdoshmiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Tez orada yangi bosh direktor nomi e’lon qilinsa ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!