"Eldor - "Roma" futbolchisi!" - Shomurodovning agenti legionerimizning kelajagi haqidagi savolga javob berdi

  • 26 iyul, 2022, 19:40
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda Eldor Shomurodovning "Roma"dan ketishi borasidagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Rossiyaning "Metaratings" sayti legionerimizning agenti Qahhor Mo‘minov bilan bog‘lanib, mish-mishlarga izoh so‘radi.

Tecno

"Transfer oynasi vaqtida turli xil variantlar bo‘lishi tabiiy. Faqatgina bir narsani aytishim mumkin: Eldor - "Roma" futbolchisi. Qolgan barchasi OAV tarqatgan taxminlar, xolos.  O‘zgarish bo‘lishi mumkin, men hech narsani istisno qilmayman",-dedi Mo‘minov.

Avvalroq, Shomurodovga A Seriyaning boshqa jamoalari va Rossiya Premer ligasidan taklif borligi haqida xabar qilingandi. 

27 yoshli legionerimiz "bo‘rilar" safiga o‘tgan mavsum avvalida "Jenoa"dan borib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 39 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 6 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TURDIYEV AKRAMJON
26/07/2022 21:33
Элдор биз Сенга бе фарк эмасмиз укам сабр килиб астойдил ишла мехнат кил курасан ланати жузе маврино асосийда уйнатади