
Eldor Shomurodov o‘yindan tashqari holatda!
“Rostov” to‘purari Eldor Shomurodov Rossiya premer-ligasining 26-turida “Krilya Sovetov” jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda maydonga tushmaydi.
O‘zbekistonlik legioner kecha “Krasnodar”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 59-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi.
Shu tariqa, hamyurtimiz hisobidagi sariq kartochkalar soni 4 taga etdi va u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
O‘yin 4 iyul kuni Samara shahrida Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar