
Eldor Shomurodov uchun kurashda qaysi klub favorit ekanligi aytildi
Xabaringiz bor, ayni paytda Rossiyaning "Rostov" klubida moliyaviy muammolar bor. Shu tufayli jamoa qishda o‘zining 6 futbolchisini sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng Rossiyaning sovsport.ru sayti "Rostov" qaysi futbolchilarni sotishi va ular qaysi jamoalarga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z qarashlarini bayon qildi. Ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor.
- Hozirgi kunda Eldor Shomurodov "Rostov" tarkibidagi eng bozori chaqqon futbolchilardan biri. Klubdagi muammo uning raqiblari uchun ayni muammo bo‘lishi mumkin. Shomurodov Evropada to‘p tepish istagini bildirgandi. Eldor yana bir hujumchiga ehtiyoj sezayotgan «Zenit»ga, to‘purar hujumchini orzu qilayotgan «Lokomotiv»ga ham, oldingi chizig‘ida muammosi bor «Spartak»ka ham mos tushardi. chunki ushbu jamoalar top hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
Agar hamyurtimizga Evropadan aniq takliflar bo‘lmasa, Shomurodov uchun kurashda "Zenit" asosiy favorit bo‘lmoqda. Chunki "Zenit" vakillari Rossiyadagi boshqa klublardan farqli ravishda Eldor uchun ko‘proq summa taklif qilishlari mumkin. Evropadan esa ayni paytda Shomurodov uchun hech qaysi klub 3 million evrodan ko‘prog‘ini taklif qila olmaydi, - deya yozilgan saytda.
Fikrlar