Eldor Shomurodov “Yuksalish” umummilliy harakati “30/30” reytingidan o‘rin oldi (Foto)
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yuksalish” umummilliy harakati “30/30” reytingini e’lon qildi.
Reytingga yosh bo‘lishlariga qaramay, o‘z sohasida katta natijalarga erishgan 30 nafar faol, ilg‘or menejerlar, ijtimoiy faollar, ishbilarmonlar, fan, madaniyat, san’at va media-hamjamiyati vakillari kiritildi.
Ekspertlar — tadbirkorlar, menejerlar, huquq himoyachilari, jamoat arboblari, jurnalistlar va maslahatchilar ishtirokida 10 nominatsiyada 100 kishidan iborat ro‘yxat tuzildi. Shundan so‘ng, har bir toifadagi hakamlar hay’ati 30 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli 30 nomzodni — har bir nominatsiyada uchtadan g‘olibni tanladi.
Top-30 talikka kiritilgan faol yoshlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Ma’lumot uchun: nomzodlar ro‘yxatini tuzishda ularning yoshi (30 yoshdan katta bo‘lmagan), o‘z sohasidagi yutuqlari va professional jamoada e’tirof etilishi, tashabbuskorligi, ijodkorligi, ijtimoiy va siyosiy sohadagi faolligi inobatga olingan, shuningdek, ularning media kontentlari baholangan.

Fikrlar