Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha so‘rov yuborilgan. Da’vogar tomon rimliklarning javobini kutmoqda

  • 1 iyul, 2022, 16:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval Turkiyaning "Galatasaroy" klubi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi borasida xabar berilgandi.

Tecno

Hurriyet.com.tr nashri hamyurtimiz jamoaning asosiy nishoniga aylanganini yozdi. Unga ko‘ra "Galatasaroy" Shomurodovni bir yilga ijaraga olib, keyinchalik sotib olmoqchi.

Ayni paytda Turkiya tomoni vakilimizning transferini tezlashtirib, "Roma"ga taklif yubordi. Da’vogar tomon rimliklarning javobini kutmoqda.

"Roma" bu so‘rovga qanday javob berishi ko‘pchilikka qiziq. Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzating!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!