
Elit OChL. "Istiqlol" "Al-Ahli"ni to‘xtatdi
Elit OChLning 6-turida "Istiqlol" "Al-Ahli" mehmoni bo‘lib, Saudiya klubining g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi.
Uchrashuvda Rafael hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay Touni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida esa Eslami mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda Touni ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, 87 daqiqada harakatlandi. U bahs davomida bitta xavfli vaziyat yaratib, sheriklariga 18 ta aniq pas berdi. 2 marta ikkinchi qavatdan aniq pas va 1 ta muvaffaqiyatli driblingni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va 7 ta duelda yutib chiqdi.
Ushbu o‘yindan keyin "Istiqlol" 8-o‘ringa joylashdi.
- Osiyo - AFC Champions League Elite
- League Stage

Al Ahli
- Ivan Toney 45'
- Ivan Toney 83'
Tugadi
2
:
2
02.12.2024 21:00

Istiqlol
- Raphael Silva 42'
- Mohammad Hossein Eslami 51'
Fikrlar