
Elnur Abduraimovning jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning engil vazn toifasida (61 kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Elnur Abduraimov 12 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqida "Mir boksa" promouterlik kompaniyasi o‘z instagram sahifasida ma’lum qildi. Jang Meksikada bo‘lib o‘tadi, ammo raqib borasida hali ma’lumot berilganicha yo‘q.
Elnur Abduraimov professional boksda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Oxirgi jangini 2019 yingning may oyida o‘tkazgan va unda Issa Nampepeche ustidan nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar