Elnur Abduraimovning raqibi aniq bo‘ldi. U hali mag‘lubiyatga uchramagan (poster)

  • 07.04.2022 06:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Super yarim o‘rta vazn toifasida (58,9 kg) janglar olib boruvchi hamyurtimiz Elnur Abduraimov (8-0, 7KO) 7 may kuni Las Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tadigan Saul Alvares va Dmitriy Bivol bahsi kardida ringga ko‘tarilishi haqida ma’lumot bergan edik. 

Matchroom kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, Abduraimovga ushbu kechada Manuel Korrea (11-0, 7KO) raqiblik qiladi. Bahs 8 raund etib belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, shu kechada boshqa bir hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ham meksikalik Kristian Gomesga qarshi IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.

IMG_20220407_060938

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilyosxon Akramov
07/04/2022 07:19
Омад Элнурга!!