
Emelyanenko Xaritonov bilan jang uchun qancha so‘ramoqda yoxud promouterdan unga antiqa javob
Rossiyalik promouter, WTKF ligasi rahbari Vladimir Xryunov Aleksandr Emelyanenkoning Sergey Xaritonov bilan jangi uchun million dollar so‘rashi mumkinligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
Avvalroq, Emelyanenko “SE”ga agar Xaritonov u bilan jang uchun 500 ming dollar so‘rasa, undan ikki baravar ko‘proq pul talab qilishini aytgandi.
" Men Emelyanenkoni juda hurmat qilaman. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Lekin men uni belgilangan me’yordan o‘tmasligini so‘rayman. Shuningdek, shaxsiyatga tegmasligini maslahat berardim. Aks holda bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, u "Axmat" klubida yaxshi tayyorlanmoqda va Xaritonovni osonlikcha mag‘lub etishiga ishonmoqda. Ammo Sergey hozir “Vityaz” klubi a’zosi va uning infratuzilmasi “Axmat” klubi darajasida desak yanglishmagan bo‘lamiz va Seryoja allaqachon tayyorgarlikni boshlagan.
" Menga million ber" deb aytgan so‘zlariga, shunday degan bo‘lardim: bizda bu mablag‘ bor, lekin mening o‘ziga xos taklifim mavjud. Ya’ni, g‘olib pulni oladi. Winner takes it all ( G‘alba qozongan jangchi barchasini oladi) Agar, kuchli bo‘lsang albatta, bunga rozi bo‘lasan. Og‘izda gapirish oson. Demak, sen g‘alaba qozonishga tayyorsan. Senda yutqazib qo‘yish xavotiri yo‘q. Xush kelibsan!”,-dedi rossiyalik promouter.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Emelyanenko MMAda 28 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. 39 yoshli Xaritonov esa 31 g‘alaba va 8 mag‘lubiyatli ko‘rsatkichga ega.
Fikrlar