
Emeri "Arsenal"ni tark etadigan 2 nafar futbolchi nomini e’lon qildi
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning 2 nafar futbolchisiga ochiqchasiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.
“Mustafi va El-Nenni – ajoyib futbolchilar. Biroq, ular bu erda etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlari amri mahol. Shu bois ular asosiy tarkibga kira oladigan boshqa jamoaga o‘tishlari eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylayman. Ularning o‘zlari ham bu vaziyatdan xabardorlar va men ularga chindan ham eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Mustafi “Arsenal” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum jami 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi. Uning transferi 25 mln evroga baholanmoqda.
El-Nenni ham 2016 yildan buyon “kanonirlar” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi 8 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar