
Emeri mavsumlar oralig‘ida O‘zil, Mustafi va Mxitaryanlarni sotib yubormoqchi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri mavsumlar oralig‘ida jamoa tarkibini o‘zgartirmoqchi.
Biroq, klub rahbariyati unga yozgi transferlar uchun bor yo‘g‘i 50 million evro ajratgan. Shu bois ispaniyalik mutaxassis bir qator futbolchilarni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Ushbu futbolchilar orasida Mesut O‘zil, Shkodran Mustafi hamda Genrix Mxitaryanlar bor. Ta’kidlash kerakki, O‘zilga bir qator turk klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Uning transferi esa “kanonirlar”ga 30 mln evro olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” o‘tgan mavsum APLni 5-o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasisiz qoldi.
Fikrlar