
Emiliano Martines: “Biz Chempionlar ligasi finaliga chiqishimiz mumkin”
“Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines ingliz klubining Chempionlar ligasida ishtirok etishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Argentinalik golkiper jamoa nima hisobiga finalga chiqishi mumkin ekanligini aytdi.
“Bu biz uchun birinchi Chempionlar igasi. Jamoamiz uchun bu katta yangilik. Murabbiyimiz va futbolchilarimiz hisobiga finalgacha borishimiz mumkin”,- dedi Martines “The Guardian” nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri shogirtlari o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 4 o‘rinni egallab, 41 yildan so‘ng yana Evropaning eng nufuzli turnirida ishtirok etadi.
Fikrlar