Emre Jan ham Turin derbisini o‘tkazib yuboradi
"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Emre Jan bugun “Torino”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Turin derbisi qaydnomasiga kiritilmadi.
Germaniyalik futbolchi mashg‘ulotlarga mushaklaridan jarohat olgan. Uning o‘rnini esa uchrashuvda yosh Simone Muratore egallaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bugungi bahsni shuningdek “keksa sinora”ning 7 nafar futbolchisi jarohati sabab o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, "Yuventus" - "Torino" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
Fikrlar