Endi APL jamoalari ham qishda dam olishlari mumkin
2019 yildan so‘ng Angliya premer-ligasida qishki ta’til paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday qarorga kelinishiga APL jamoalari murabbiylarining qish mavsumidagi o‘ta tig‘iz o‘yinlar grafigi tufayli ko‘plab futbolchilarning jarohat olishlari ortidan bildirishgan etirozlari asosiy sabab sifatida aytilmoqda. Shu bois liga mutasaddilari ayni damda bu masala yuzasidan bosh qotirishmoqda.
Katta ehtimol bilan qishki tanaffus haqida yangi televizion shartnoma imzolanganidan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda. Ushbu shartnoma esa yangi haftada imzolanadi.
Ta’kidlash lozimki, Sky hamda BT telekanallari bilan 2019 yilga qadar imzolangan amaldagi shartnomada qishki tanaffus haqida belgilab o‘tilmagan. Shu bois, hozircha ushbu tanaffusni amalga oshirish imkoni yo‘q.

Fikrlar