Endi Benzemaning ismi Messi va Grizmann bilan bir qatorda tilga olinadi

  • 20.12.2021 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La Ligasidagi o‘yinlari sonini 400 taga etkazib oldi.

Frantsiyalik futbolchi o‘zining yubiley uchrashuvini chempionatning 18-turidan o‘rin olgan "Kadis"ga (0:0) qarshi o‘yinda o‘tkazdi.

Karim ushbu 400 ta o‘yinda o‘z hisobiga  205 ta gol hamda 128 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Benzema Ispaniya chempionatida 400 ta o‘yin o‘tkazgan tarixdagi beshinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha La Ligada ushbu natijaga faqatgina Antuan Grizmann (408), Dani Alves (422), Donato (466) va Lionel Messi (520) erishgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!