
Endi Kamavinganing tovon puli milliard evro!
Eduardo Kamavinga "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi.
20 yoshli yarim himoyachi Madrid klubi bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirishga rozi bo‘ldi.
Yangi shartnomada futbolchining maoshini sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutilgan. Frantsiyalik futbolchining kelishuvidagi tovon puli milliard evroni tashkil qiladi.
Bunday shartnoma tafsilotlari butun mavsum davomida ishlab chiqilgan va barcha kelishuvlarga yaqinda erishilgan.
Kamavinga 2021 yilda 40 million evro evaziga "Renn"dan "Real"ga o‘tgandi.
Futbolchi o‘tgan mavsumda "Real" safida La Ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar