
Endi "Nasaf"ning ham 2 ta yulduzi bor
2019 yilning 29 oktyabr sanasida OFKning ishchi guruhi yurtimizga tashrif buyurib, «Bunyodkor» futbol akademiyasining bugungi faoliyati yaqindan tanishgandi. Undan tashqari ishchi guruh «Nasaf» futbol maktabining faoliyatini o‘rgandi.
O‘zingizga ma’lum, "Nasaf" futbol maktabi bosh jamoamiz hamda yurtimizning turli yoshlardagi terma jamoalariga futbolchilar etkazib bermoqda. Bunga birgina misol qilib Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan to‘qqiz nafar futbolchilarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Bular: Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqov, Sherzod Nasrullaev, Azizjon G‘aniev, Sharof Muhitdinov, Abduvohid Ne’matov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboev, Ilhom Alijonov.
4 fevral kuni OFK «Nasaf» hamda «Bunyodkor» akademiyalariga ikki yulduzli, Andijon futbol maktabiga bir yulduzli maqomi berilganligi bo‘yicha rasmiy hujjatni e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Osiyo davlatlari orasida uch yulduzli maqomga faqatgina Qatar davlatining “Espayr” akademiyasi ushbu maqomga ega hisoblanadi.
Fikrlar