Endi navbat "Lokomotiv" va "So‘g‘diyona"ga

  • 5 iyul, 2021, 19:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 12-turi yakunlangach jamoalar ma’lum vaqtga qadar tanaffusga chiqib ketmoqda. Kimdir 5 kunga, qaysidir klubi bir haftaga vahokazo.

Tecno

Avvaliga AGMK, keyin "Paxtakor", endi esa "Lokomotiv" va "So‘g‘diyona" futbolchilariga qisqa ta’til berildi. Ikki jamoa ham 12 iyuldan mashg‘ulotlarni boshlashi klub matbuot xizmatlari tomonidan e’lon qilindi.

"Temiryo‘lchilar" oxirgi tur "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi. "Oq bo‘rilar" Qarshida mag‘lubiyatga uchradi. Toshkentliklar 15 ochko bilan 8-o‘rinni egallagan holda tanaffusga yo‘l olgan bo‘lsa, jizzaxliklar 23 ochko jamg‘arib, kuchli uchlikda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!