
Endi Ruisning ustozi O‘zbekistonda yohud mashhur murabbiydan o‘ziga xos master-klass! (Video)
Xabaringiz bor, ertaga 2 dekabr kuni "Xumo Arena"da Lift promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etilmoqda.
Mazkur kechaning ikkinchi markaziy jangida ringga ko‘tariladigan armanistonlik Ovanis Bayaovni murabbiyi Manuel Robles ham yurtimizga tashrif buyurgan. Ushbu murabbiy jahon boks olamida anchagina taniqli bo‘lib, og‘ir vazn toifasida Entoni Joshuani nokautga uchratgan, meksikalik Endi Ruisning murabbiyi hisoblanadi. Garchi, hozirda u bilan hamkorlik qilmayotgan bo‘lsa-da, aynan Joshua bilan jangga Ruisni u tayyorlagan edi.
Xullas, u ayni vaqtda yurtimizda mexmon bo‘lib turibdi va bugun Robles "Favzul-munavvar" klubiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif mobaynida ushbu murabbiy navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rayotgan, Abdurasul Ismoilov, Abdulaziz Najmiddinov hamda Dovruqbek Ibragimovga o‘ziga xos master-klass o‘tdi. Quyida, ushbu jarayonni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar