
"Energetik-BGU" autsayderga imkoniyatni boy berdi
Hozirgina Belarus Oliy ligasi 23-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurlarimiz Shahboz Umarov hamda Humoyunmirzo Iminov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" jamoasi o‘z maydonida "Slutsk"ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Iminov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi. U bunga qadar 25-daqiqada ogohlantirish olgan edi. Umarov esa 90 daqiqa to‘p tepdi.
Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng "talabalar" hisobidagi ochkolar soni 35 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar