Eng badavlat klub mashhur o‘yinchi o‘rniga Husanovni transfer qilmoqchi

  • 31 oktabr, 2024, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash uchrashuvlari, “Lans” tarkibida Frantsiya chempionatida ishonchli o‘yin o‘tkazayotgan Abduqodir Husanov “top-5” ligalarida bir necha klublarning nishoniga tushdi.

Frantsiyadagi manbalar grand klublari orasidan birinchi bo‘lib PSJ o‘zbek futbolchisining iqtidorini payqagani va unga qizish bildira boshlagani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Endi yana bir nufuzli nashr –  foot-sur7.fr portali PSJ va Abduqodir Husanovga doir yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

- “Lans”ning yosh himoyachisi Abduqodir Husanov PSJning qishki transferlar ro‘yxatiga kiritildi. Parijliklar uning xizmatidan foydalanish uchun muzokaralarni tezlashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mavsum beridan beri o‘z jamoasida yuqori saviyada o‘ynay olishini namoyish qilib kelayotgan o‘zbekistonlik 20 yoshli markaziy himoyachi ko‘p klublar nazariga tushdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi o‘z o‘yini bilan “Lans” rahbariyati va bosh murabbiy Uill Still ishonchini oqlab kelmoqda. Buning samarasida u asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylanib ulgurdi.

“Lans” eng iqtidorli o‘yinchilaridan birini qo‘ldan chiqarishi ehtimoli oshib bormoqa, chunki Abduqodir Husanovga Evropaning grand klublari jiddiy qiziqa boshlagan va uning atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borishyapti.

Ekspertlar o‘zbek himoyachisi uchun kurashda PSJ Angliya Premer-ligasi klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda.

Frantsiya chempioni Abduqodirni Milan Shkrinyarning o‘rniga olib kelishni mo‘ljallagan. Slovakiya terma jamoasining mashhur o‘yinchisi yanvarda boshqa klubga o‘tib ketmoqchi. Ichki raqobatda Markinos va Uilyam Pacho bilan raqobatlasha olmay, o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan “Inter”ning sobiq futbolchisi yanvarda boshqa klubga o‘tib ketishga qaror qildi.

Qishki transferlar vaqtida Husanovni transfer qilishni mo‘ljallayotgan klublar orasida “Nyukasl” va “Everton” ham bor. Raqobatning kuchayib borayotgani himoyachining transfer summasi keskin ko‘tarilib borishiga turtki bo‘lyapti.

Transfermarkt portali ekspertlari uning ayni paytdagi transfer summasini 5 million evro ekanini qayd etgan. Biroq mavsum boshlanganidan keyin amalda bu summa kamida ikki baravarga oshgani ta’kilandi. Xususna, Frantsiyaning eng nufuzli nashri – L'Équipe Husanovning hozirgi bahosi 10 million evrodan yuqori ekanini yozmoqda.

Agar “Lans” mutasaddilari o‘z futbolchisi qo‘yib yuborishga ko‘nsa, mo‘may daromad keltiradigan transferni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi, - yozmoqda –  foot-sur7.fr portali eksperti Leons Siriak.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “Lans”ning barcha uchrashuvlarida ishtirok etmoqda va ularning aksariyatida jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilmoqda.

Yangi mavsum boshlanganiga uch oy bo‘lgan esa, legionerimiz “Lans”ning sentyabr va oktyabr oylaridagi eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi.

Fayzullaev Evropaga ketish bo‘yicha qarorini aytdi

Osiyoni zabt etgan Fayzullaevga “top-5”dagi qaysi ligaga borishini aytishdi

Husanov muxlislariga xushxabar: Hammasi kutilganidek bo‘ldi!

Raqibiga elka solib, qo‘rqitib qo‘ygan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Yangi pozitsiyada raqibni titratgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
31/10/2024 22:02
Psj maqul
Baxil Alihuja
31/10/2024 18:41
Хусановга ташаётган бу пушкин ким булди энди?