Fayzullaev Evropaga ketish bo‘yicha qarorini aytdi

  • 31 oktabr, 2024, 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga loyiq topildi.

21 yoshli legionerimiz Osiyo futbol konfederatsiyasining nufuzli sovrini uchun kurashda yaponiyalik Gaku Navata va koreyalik Bae Jun Xoni ortda qoldirdi.

Bu muvaffaqiyatdan keyin Fayzullaevning Evropa top chempionatlaridan biriga ko‘chib o‘tish imkoniyati yana keng tahlil qilina boshladi. Xususan, rossiyalik jurnalistlar Fayzullaev bilan suhbatda transfer bo‘yicha ham savol berdi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

— Nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu mening oilam va O‘zbekiston uchun faxr-iftixor bag‘ishlaydi.  Taqdimot marosimidan keyin onam bilan gaplashdim, u quvonchdan yig‘lar edi...

— O‘zingga bo‘lgan ishonch yanada ortganini his qilyapsanmi?

— Albatta. Bu odamning o‘ziga ishonchini oshirish bilan birga unga qo‘shimcha mas’uliyat ham yuklaydi. Men bunga tayyorman, maydonda o‘z ishimni har doim  puxta bajarishga, borimni berishga harakat qilaman. Yanada o‘sish uchun to‘xtamayman.

— Muxlislar bu sovrindan keyin Fayzullaevning narxi yana bir million evroga ko‘tarilishini aytib, hazillashyapti. Evropaga ketish istagi bormi?

— Hozir bu haqida gapirishni istamayman. Chunki oldinda muhim uchrashuvlar bor. Ayni paytda mening TsSKA bilan amaldagi shartnomam bor va men unga hurmat bilan qarayman.

Lekin hamma narsa bo‘lishi mumkin va men hech narsani inkor qila olmayman. Hozir TsSKAdaman va bu jamoa uchun kurashaman.

— Bosh murabbiy Marko Nikolich senga qanday talab qo‘yadi?

— Maydon markazida ko‘proq bo‘lish, chiziqlarni bog‘lash va hujumlarni rivojlantirishni tayinlaydi.

— O‘zingni TsSKA etakchisi deb his qilasanmi?

— Jamoada yaxshi o‘yinchilar juda ko‘p. Lekin men ham o‘zimni etakchilardan biri deb bilaman. Har doim jamoaga yordam berishni va uning lideri bo‘lib qolishni istayman. Bizda bunaqa futbolchilar ko‘p. Ular qatoriga Ivan Oblyakov, Igor Diveev, Rosha va Igor Akinfeev kabilarni qo‘shish mumkin.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan TsSKAga 2023 yilning avgust oyida ko‘chib o‘tgan. 21 yoshli futbolichimiz ilk mavsumdayoq Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

Ayni paytda hamyurtimizning transfer summasi 6 million evroni tashkil qilmoqda va ko‘plab ekspertlar reyting yangilanganidan bu ko‘rsatkich yanada oshishi ta’kidlayapti.

Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgan Abbosbek Fayzullaevning “armiyachilar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.

Osiyoni zabt etgan Fayzullaevga “top-5”dagi qaysi ligaga borishini aytishdi

Husanov bo‘yicha “Chelsi”ning pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi...

Bir necha metrdan gol urolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!

 

Fayzullaev katta gapirib yubordi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!