Eng boy tennischi qiz finalda “onaxon”ni engib, AQShni zabt etdi

  • 13 sentabr, 2020, 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

AQSh ochiq chempionatining bosh sovrini yaponiyalik Naomi Osakaga nasib etdi. Final uchrashuvida belaruslik “onaxon” Viktoriya Azarenkoni 1:6, 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Azarenko farzandli bo‘lganidan keyin “Katta dubulg‘a” turkumidagi turnir finaliga chiqqan kam sonli tennischilardan hisoblanadi. Tajribali raketka ustasi o‘tgan yili ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin katta sportni tark etishni o‘ylab yurgandi. Biroq, qolishga qaror qilgan Azarenko pandemiya karantinidan keyin ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Xususan, Osakaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvgacha Viktoriya ketma-ket 11 ta bahsni o‘z foydasiga hal qildi.

Naomi Osaka esa 2018 yili AQSh ochiq chempionati va keyingi mavsumda Avstraliya ochiq chempionatidagi g‘alabalaridan so‘ng, yillik daromadini 37,4 million dollarga etkazib, eng badavlat tennischiga aylangan edi. Bu ko‘rsatkich tennischi qiz uchun rekord natija sifatida qayd etilgan. Hozir osiyolik tennis yulduziga Procter & Gamble, All Nippon Airways va Nissin Foods kabi yirik kompaniyalar homiylik qilmoqda.

20200913015236

Bu yil AQSh ochiq chempionatidagi g‘alabasi evaziga Osaka  o‘z hisob raqamiga yana 3 million dollar mukofot pulini ham qo‘shib qo‘ydi.

"US open - 2020": Sportdan ketmoqchi bo‘lgan tennischi eng nufuzli finalda o‘ynaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!