Eng ko‘p seyv qilgan darvozabonlar mundialni tark etdi

  • 13.07.2026 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionati 1/4 final bosqichida eng ko‘p seyv amalga oshirgan darvozabonlar aniqlandi. Squawka statistika portalining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, Marokash terma jamoasi posboni Yassin Bunu va Norvegiya milliy jamoasi darvozaboni Eryan Nyuland ushbu bosqichda eng ko‘p to‘p qaytargan o‘yinchilar bo‘ldi.

Ikkala darvozabon ham o‘z o‘yinlarida oltitadan seyv qayd etdi. Shunga qaramay, ularning jamoalari yarim finalga chiqa olmadi: Marokash Fransiyaga 0:2 hisobida, Norvegiya esa Angliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eng kam seyv qayd etgan darvozabonlar sifatida esa Fransiya terma jamoasi posboni Mik Menyan va Ispaniya darvozaboni Unay Simon tilga olinmoqda. Ularning har biri hisobida bor-yo‘gi bitta dan to‘p qaytarish mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya – Angliya uchrashuvida hal qiluvchi gol o‘yin oxirida kiritildi. 93-daqiqada Angliya yarim himoyachisi Morgan Rojersning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini Eryan Nyuland qaytargan, ammo qaytgan to‘pni Jud Bellingem yaqin masofadan aniq zarba bilan darvozaga joylab, Angliyaga g‘alaba keltirdi.

2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan boshlab AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Musobaqaning final uchrashuvi 19 iyul kuni AQShning Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. U 2022 yil Qatarda o‘tgan finalda Fransiyani asosiy va qo‘shimcha vaqtda 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!