
Eng kuchli raqib Messi, eng yaxshi o‘yin Counter-strike. "Barselona" futbolchisi muxlislarning savollariga javob berdi
“Barselona” xavbeki Artur muxlislarning savollariga javob qaytardi.
U eng kuchli raqib kim degan savolga argentinalik jamoadoshi Lionel Messi deb javob berdi. U o‘tgan yil Amerika kubogida Messiga qarshi o‘tkazgan o‘yinni yodga oldi.
Braziliyalik futbolchi dunyoning eng zo‘r derbilari qaysilar degan savolga «Gremio» - «Internasonal», «Barselona» - «Real» va Braziliya - Argentina deb javob berdi.
U dunyodagi eng mashhur futbol simulyatorlari - FIFA va PES o‘rtasida qaysi birini tanlaysiz, degan savolga Counter-strike deb javob berdi.
Fikrlar