Eng kuchli tennischilarimiz yarim finalda o‘zaro to‘qnash keladi

  • 7 iyun, 2018, 19:35
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning yarim finalida eng kuchli tennischilarimiz - Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova o‘zaro raqobatlashadi.

Tecno

Barchamizga ma’lumki ular o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo keskin va murosasiz o‘tadi. Tennis bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasining eng kuchli sportchilari hisoblangan Sabina va Nigina shu kunga qadar jami besh marotaba o‘zaro raqobatlashgan.

18765960_10156350763528569_2104877976250508344_n_2

Ular o‘rtasidagi ilk uchrashuv 2009 yili Toshkentda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirdir. Unda Sabina 4:6, 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, o‘sha yili Qarshida o‘tgan musobaqada Nigina yana bir bor imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Oradan bir yil o‘tib yana o‘sha turnirning ikkinchi davrasida Sharipova 6:3, 7:6 hisobida zafar quchadi.

2014 yili Farg‘onada ITF tomonidan o‘tkazilgan turnirda Nigina 1:6, 7:5, 6:4 hisobida zafar quchadi. Eng kuchli tennischilarimiz o‘rtasidagi eng so‘nggi uchrashuv BAAda o‘tgan sovrin jamg‘armasi 100.000 AQSh dollari bo‘lgan turnirda o‘tgan. Ushbu uchrashuvda Sabina Sharipova yana ustun kelgan.

Shu tariqa Sabina va Nigina o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlardagi hisob 4:1 bo‘lib turibdi. WTA reytingida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sharipova 169 pog‘onada borayotgan bo‘lsa, ikkinchi raqamli tennischimiz Abduraimova 330 pog‘onada bormoqda. Bu yilgi mavsumda Sabina Sharipova bir qator turnirlarda munosib ishtirok etdi. Afsuski, Nigina Abduraimova esa xalqaro turnirlarda bir oz omadsizlikka uchradi.

dtBjh014746260056380_b_1

Statistika natijalaridan ko‘rinib turibdiki, Sabina Sharipova azaliy raqibi Nigina Abduraimovadan ustunroq. Nima bo‘lganda ham tennisda kutilmagan natijalar qayd etiladi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv esa keskin va murosasiz o‘tishi aniq.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!