Eng qimmat darvozabon sotiladi

  • 07.07.2021 15:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” tarkibni tozalashga kirishdi. Tomas Tuxel bu ishni darvoza chizig‘idan boshladi. Klub rahbariyati o‘z davrida 80 million evroga olingan Kepa Arrisabalagadn tezroq qutilmoqchi.

Katta maosh olayotgan darvozabon asosiy tarkibdagi joyini Eduar Mendiga boy bergan va uning xizmatlariga ehtiyoj yo‘q.

Shuningdek, qariya posbon Villi Kabaleroning shartnomasi yakunlandi va uning ketishiga ruxsat berildi.

Bu ikki posbon o‘rnini to‘rt yildan beri “Verder” jamoasi darvozasini qo‘riqlab kelayotgan chexiyalik Irji Pavlenka va “Kristall Pelas” bilan shartnomasi yakunlangan Ueyn Xennessi egallaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!