Eng qimmat tarkibni kim o‘ynatyapti?

  • 12 oktabr, 2023, 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan jamoalar tarkibining umumiy qiymatlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola eng qimmat tarkibni boshqarmoqda. “Shaharliklar” sharafini himoya qilayotgan futbolchilarning umumiy narzi 1,26 milliard evroni tashkil qilmoqda.

Keyingi o‘rinda “Arsenal” jamoasi qayd etilgan. Gvardiolaning shogirdi Mikel Arteta 1,1 milliard evrolik tarkibni o‘ynatyapti.

Qolgan jamoalarning tarkibi qiymati bir milliardga etgani yo‘q. Bu ko‘rsatkichga eng yaqin kelgan jamoa – “Chelsi” futbolchilari 999 million evroga baholanmoqda.

“Liverpul” hamda “Manchester Yunayted” o‘yinchilarining umumiy summasi 877 million evroga teng.

Angliya Premer-ligasining eng arzon jamoasi “Luton Taun” hisoblanadi. Debyutant jamoa tarkibi 86 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!