Boateng dunyoning 3 ta eng zo‘r futbolchisini aytdi. Ularning birinchisi Messi

  • 18 aprel, 2020, 11:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng dunyoning eng zo‘r 3 ta futbolchisi kimligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men bilan birga o‘ynagan eng zo‘r futbolchi bu shubhasiz Messi. Unga qarshi va u bilan birga o‘ynagan paytda  katta farqni his qilasan.

Ikkinchi o‘ringa Ibragimovichni qo‘ygan bo‘lardim. Albatta, u boshqa darajadagi futbolchi. Ammo, uning bir o‘zi ham yaxshi o‘ynay oladi. Keyingi o‘ringa Pirloni qo‘yaman. Ammo, har bir uchrashuvda g‘alaba olib keladigan futbolchi bu, albatta Messi”, - deydi Boateng.

33 yoshli Boateng faoliyati davomida "Tottenxem", "Barselona", "Milan" va "Barussiya" kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!